09:38 / 21.04.2020
2 870

Samsung Galaxy S20 Ultra sotib olganlar ekrandagi yashil dog‘lardan shikoyat qilmoqda

Samsung Galaxy S20 Ultra sotib olganlar ekrandagi yashil dog‘lardan shikoyat qilmoqda
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Yangi Galaxy S20 Ultra foydalanuvchilari qora fondagi dasturlarda yashil dog‘lar ko‘rinayotganidan shikoyat qilmoqda, deb yozadi Hi-Tech. Mail.ru.
Ushbu muammoga duch kelgan smartfon egalari displeydagi nuqsonlar 120 Gers yangilanish tezligi bilan namoyon bo‘lishini ta’kidlamoqda, 60 Gers rejimida hammasi yaxshi.

Samsung ushbu shikoyatlarga hozircha munosabat bildirmagan. Shuning uchun muammo qanchalik keng tarqalgani va uning sababi nimada ekanligini bilib bo‘lmaydi. Shuningdek, muammoni dastur bilan hal qilsa bo‘ladimi yoki gap apparat nosozligi haqidami, bu ham noma’lum.

Galaxy S20 Ultra Samsung’ning 2020 yil boshidagi asosiy flagmani bo‘ldi. Smartfonga 12 va 108 megapikselli keng o‘lchamli ikkita kamera, shuningdek, 48 megapikselli teleob’ektiv o‘rnatilgan. Qurilma 8K formatidagi videolarni ham «ko‘tara oladi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S20 Ultra sotib olganlar ekrandagi yashil dog‘lardan shikoyat qilmoqda