Telegram foydalanuvchilari soni o‘ttiz foizga oshgani ma’lum qilindi

Telegram foydalanuvchilari soni o‘ttiz foizga oshgani ma’lum qilindi
Telegram messenjeri foydalanuvchilari soni bir yilda o‘ttiz foizdan ortiqroqqa o‘sdi – undan bir oyda 400 mln kishi foydalanmoqda. Bu haqda messenjer bayonotida ma’lum qilindi.
"Telegram foydalanuvchilari soni oyiga 400 mln kishiga yetdi, bir yil avval bu raqam 300 mln edi", - deyiladi bayonotda.

Qo‘shimcha qilinishicha, foydalanuvchilar soni kuniga 1,5 mln kishiga ko‘paymoqda.
Telegram messenjeri 2013 yilda "VKontakte" asoschisi Pavel Durov tomonidan ishlab chiqilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar