Foto: Harper’s Bazaar
Koronavirus paydo bo‘lgunicha hatto eng ozoda kishi ham telefonini zararsizlantirish kerakligi, smartfonlar virus manbai bo‘lishi mumkinligi hayoliga ham kelmagani aniq.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, bakteriya va viruslar telefon yuzasida 3 kundan 10 kungacha yashaydi, biz esa soatiga 12-25 marta telefon bilan aloqada bo‘lamiz. Telefonda gaplashayotganda mikroblar burun, ko‘z va quloqqa juda yaqin keladi. Shu bois telefonni muntazam ravishda zararsizlantirib turish kerak bo‘ladi.
Harper’s Bazaar nashri qanday qilib telefonni zararsizlantirish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Telefonni har 1-2 soatda zararsizlantirib turish kerak bo‘ladi. Zararsizlantirishni quyidagi bosqichlarda amalga oshiring.
- Birinchi bo‘lib telefoningizni o‘chiring.
- Telefon g‘ilofini yeching va uni ham telefondan alohida zararsizlantiring.
- Salfetkani sovunli suv yoki maxsus dezinfeksiyalovchi vosita bilan namlang.
- Quvvat olgich portlariga tegib ketmasdan ehtiyotkorlik bilan qurilma yuzasini arting.
- Qurilmani quruq salfetka bilan quruqlang.
Telefon ishlab chiqaruvchilar elektron vositalarni zararsizlantirishda maxsus vositalardan foydalanish kerakligini tavsiya qiladi. Chunki boshqa vositalar qurilmani ishdan chiqarishi mumkin. Zararsizlantirish jarayonida namlik ko‘payib ketmasligiga ishonchingiz komil bo‘lsin. Elektron qurilmangiz suv o‘tkazmaydigan bo‘lgan taqdirda ham ortiqcha namlik unga foyda keltirmasligi aniq. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»