2 417
Olimlar koronavirus qurboniga aylanish ehtimolligini hisoblovchi «o‘lim kalkulyatori»ni yaratdi
Foto: EPA
Polshalik olimlar koronavirus bilan kasallanish holatida o‘lim ehtimolligini hisoblovchi kalkulyatorni yaratdi. Bu haqda Boltiqbo‘yi ilmiy-texnologik parki vakili Magdolena Malara-Shvitonskayaga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur «insonning yoshi va jinsini, shuningdek, asosiy to‘rt turdagi surunkali kasalliklarga oid ma’lumotlarni hisobga oladi».
Kalkulyator tomonidan hisobga olinadigan surunkali kasalliklar — yurak qon-tomir kasalliklari, qon bosimining oshishi, qandli diabet va onkologiya.
«COVID-19 qurboniga aylanish xavfi insonning yashash tarzi va undagi kasalliklar, xususan, semizlik, diabet, gipertoniya va uning asoratlariga bog‘liq. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, surunkali kasallikdan aziyat chekmagan insonlar orasida koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holati bir foizdan kamroqni tashkil etadi», — deydi kalkulyatorning asosiy dasturchisi, tibbiyot fanlar doktori Pyotr Bandosh.
Kalkulyator testdan o‘tkazilgan vaqtda shuni ko‘rsatdiki, hech qanday surunkali kasallikka ega bo‘lmagan 30 yoshli erkakning koronavirus qurboniga aylanish ehtimolligi 0,03 foizga teng, ayollarda esa ushbu ko‘rsatkich — 0,02 foiz. Qandli diabet va onkologik kasallikdan aziyat chekuvchi 80 yoshli erkakning o‘lim ehtimolligi 25,86 foizni tashkil etgan bo‘lsa, shu yoshdagi ayollarda mazkur ko‘rsatkich — 14,03 foizga teng. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?