Morgan Stanley: Google Rossiyada ommalashib bormokda

Morgan Stanley: Google Rossiyada ommalashib bormokda
Morgan Stanley: Google Rossiyada ommalashib bormokda

Morgan Stanley analitiklari bergan ma’lumotga ko‘ra, Google kompaniyasi Yandeks qidiruv tizimini ortda qoldirib, Rossiyadagi eng ommabop qidiruv tizimiga aylandi.

Tadqiqot 2012 yildan 2014 yilga qadar o‘tkazilgan bo‘lib, unda 1,5 ming nafar foydalanuvchi ishtirok etgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Google qidiruv tizimining ommalashishida uning o‘z mobil operasion tizimi – OS-Android’ning borligi hamda Google Chrome brauzerining ommabopligi muhim o‘rin egallagan.

Biroq Liveinternet.ru natijalariga ko‘ra, Yandeks hamon eng ommaviy qidiruv tizimi bo‘lib qolmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramay, uning ulushi 2,8 foizga qisqarib, 58,9 foizga teng bo‘lgan. Google qidiruv tizimi esa o‘z ulushini 5,9 foizga oshirib, 38,2 foizga ko‘tarilgan.

Manba: www.kun.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar