06:30 / 02.06.2020
2 073

Rossiyalik olimlar inson xarakterini uning suratiga qarab aniqlaydigan neyrotarmoq yaratdi

Rossiyalik olimlar inson xarakterini uning suratiga qarab aniqlaydigan neyrotarmoq yaratdi
Foto: Unsplash
Rossiyalik matematiklar, dasturchi va psixologlar insonlarning suratiga qarab, uning xarakteri chizgilarini aniqlay oladigan neyrotarmoqni yaratdi. Yangi algoritm 60 foiz holatda to‘g‘ri tanlovni amalga oshiradi, inson tomonidan taxminiy tanlov esa faqatgina 50 foizga to‘g‘ri ishlaydi. Mazkur tadqiqotga doir maqola Scientific Reports ilmiy jurnalida chop etilgan.

Tajriba uchun Oliy iqtisodiyot maktabi, Ochiq gumanitar-iqtisodiyot universiteti, BestFitMe va Artificial Intelligence LLC kompaniyalaridan 12 ming ko‘ngilli taklif etilgan. Dastlab ular psixologik testdan o‘tgan, shundan so‘ng veb-kamera yordamida suratga tushgan. Suratga tushish jarayonida yorug‘likning yaxshi ekanligi, yuzning neytral holatdaligi va kosmetika vositalarining yo‘qligi muhim ahamiyatga ega. Olingan suratlar keyinroq sun’iy intellekt tomonidan o‘rganilgan.

Ayrim ishtirokchilarning turli xil fotosuratlari uchun neyrontarmoqning xarakter belgilarga oid xulosalari bir xil bo‘lib chiqqan. Shu bilan birga, u halollik, tushunish va ayollarning hissoyotga beriluvchanligini yaxshi, yangi tajribaga bo‘lgan ochiqlikni esa yomon aniqlagan.

Tajriba natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt bugungi kunda nafaqat oddiy insonlarni, balki notanish insonning yuzi orqali uning xarakterini aniqlay oladigan professional ekspertlarni ham ortda qoldirayotganini ko‘rish mumkin.

Rossiyalik tadqiqotchilar bu kabi tizim kelajakda amaliyotda qo‘llanilishiga umid qilmoqda. Masalan, tanishuv dasturlarida psixologik moslik tashxisini qo‘yishda yoki ish beruvchilar va ishga nomzodlar o‘rtasida onlayn suhbatlar o‘tkazilganda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyalik olimlar inson xarakterini uning suratiga qarab aniqlaydigan neyrotarmoq yaratdi