23:09 / 06.06.2020
2 374

Singapurda soyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaradigan qurilma yaratildi

Singapurda soyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaradigan qurilma yaratildi
Foto: Flickr
Singapurlik olimlar soya va yoritilgan hudud orasidagi keskinlik farqidan elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir texnologiyani yaratdi. Bu an’anaviy quyosh panellaridan samaraliroq bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi Futurity.

Qurilma asosini egiluvchan plastik tashkil etib, uning ichidan kremniy va oltin folgadan iborat bo‘lmalar joy olgan.
Qurilmaga biroz soya tusha boshlagach, u elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshlaydi. Ushbu holatda elektr energiyasi devays to‘liq quyosh nurida turganidanda ko‘proq ishlab chiqariladi.

Tajriba davomida mazkur yangi qurilmaga ulangan raqamli soatlar ishlab chiqarilgan energiyadan bemalol foydalangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ixtiro nafaqat mayda gadjetlar borasida, balki harakatga keltiruvchi datchiklarni ham quvvatlantirishda foyda berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Singapurda soyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaradigan qurilma yaratildi