18:50 / 09.06.2020
2 089

Avstraliyada inson sochidan OLED-displey yaratildi (video)

Avstraliyada inson sochidan OLED-displey yaratildi (video)
Foto: Advanced Materials
Avstraliyaning Kvislend texnologiya universiteti muhandislari sartaroshxonalardan chiqqan sochlarni to‘laqonli yorug‘lik qaytaruvchi ekranlarga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Ular o‘z ishini Advenced Materials jurnalida chop etgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, chiqindiga tashlanadigan tonnalab sochlar uglerod va azotning yaxshi manbasi hisoblanadi. Ushbu kimyoviy elementlardan tez-tez quyosh nurini qaytaradigan qurilmalarni yaratishda foydalaniladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, olimlar OLED-displeyini yaratishda Brisben shahridagi erkaklar sartaroshxonasida yig‘ilib qolgan sochlardan foydalangan. Sochlar 240 daraja Selsiyda yoqilgan. Hosil bo‘lgan kul uglerod va azot manbasi bo‘lib xizmat qilgan. Olimlar uni uglerodli nanonuqtaga aylantirgan.

Foto: Advanced Materials
Shundan so‘ng, nanonuqtalar polimerga aylantirilgan. Ushbu materialda ular orolchalar shakliga ega bo‘lgan. Aynan ular OLED-qurilmasining faol qatlamini muhim ishchi qismiga aylantirgan.

Nurlanish kutilganidek juda yorqin emas. Televizorni yoki smartfon ekranini yaratishda bu kabi texnologiyadan foydalanib bo‘lmaydi. Biroq shu turdagi organik yorug‘lik diodlardan mahsulotning yaroqlilik muddati o‘tgan yoki o‘tmaganini ko‘rsatib beruvchi «aqlli» qadoqlarni yaratishda foydalansa bo‘ladi.

Olimlar kelajakda hayvonlarga mo‘ljallangan salonlar, shuningdek, qo‘y junidan ham xuddi shu maqsadlarda foydalanib ko‘rish niyatida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Avstraliyada inson sochidan OLED-displey yaratildi (video)