08:28 / 10.06.2020
1 790

Apple masofadan turib guruh bo‘lgan holda selfiga tushish texnologiyasini patentladi

Apple masofadan turib guruh bo‘lgan holda selfiga tushish texnologiyasini patentladi
Foto: «Interfaks»
Apple kompaniyasi masofadan turib guruh bo‘lgan holda selfiga tushish texnologiyasini [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9kYXJ5by51ei9rLzIwMjAvMDYvMDkvYXBwbGUtbWFzb2ZhZGFuLXR1cmliLWd1cnVoLWJvbGdhbi1ob2xkYS1zZWxmaWdhLXR1c2hpc2gtdGV4bm9sb2dpeWFzaW5pLXBhdGVudGxhZGkv]patentladi[/leech].
Apple’ning patent arizasiga ko‘ra, foydalanuvchilar do‘stlarini selfiga tushish uchun taklif qilishi mumkin. Agarda kimdir suratga tushishni xohlasa, dastur ularni bitta kadrga joylashtiradi.

Hujjatda guruh bo‘lib selfiga tushish yoki uni rad etish imkoniyatiga oid interfeysga izoh berilgan. Bunda har bir ishtirokchi suratdagi joyini o‘zi tanlay oladi.

Texnologiya nafaqat statik suratga tushish, balki videolarni saqlash, shuningdek, real vaqtda oqimli videoni uzatish imkonini beradi. Kerakli rejim foydalanuvchilar kadrdagi joyi to‘g‘risidagi so‘rovni qabul qilgach tanlanadi.

Foto: TJournal
Selfiga ishlov berish jarayoni har bir qurilmada alohida amalga oshiriladi: smartfonlar fonni olib tashlaydi, shundan so‘ng «tozalangan» suratlar bitta qurilmaga yuborilib, yagona fonda guruhli selfi hosil qilinadi. Tartibli qirqilishi va qurilmadagi fonga mos kelishi uchun chuqurlik o‘lchanadi — gap «Portret» rejimidagi texnologiya haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Agarda foydalanuvchilar yaqin joyda bo‘lsa (bitta Wi-Fi doirasida), u holda AirDrop ma’lumotlar almashish texnologiyasidan foydalaniladi.

Guruh bo‘lib selfiga tushish pandemiya vaqtida juda muhim ahamiyat kasb etsa-da, Apple ushbu patent uchun 2018 yilda ariza bergan. Biroq AQSH Patentlar byurosi bunga endigina ruxsat berdi. Bu Apple’ning boshqa patentlari kabi mazkur texnologiya yaqin kunlarda iOS’da paydo bo‘lishini bildirmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple masofadan turib guruh bo‘lgan holda selfiga tushish texnologiyasini patentladi