06:00 / 11.06.2020
2 804

Xitoyda elektromobillar uchun 2 million kilometrlik yurishga chidamli akkumulator yaratildi

Xitoyda elektromobillar uchun 2 million kilometrlik yurishga chidamli akkumulator yaratildi
Foto: iStock
Xitoyning Tesla va Volkswagen elektromobillari uchun akkumulatorlar ishlab chiqaruvchi CATL (Contemporary Amperex Technology) kompaniyasi 2 mln kilometrlik (1,24 mln mil) yurishga chidamli akkumulator ishlab chiqdi. Qurilmaning kafolat muddati 16 yilni tashkil qiladi.

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda kompaniya rahbari Szen Yuysyun ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, zamonaviy akkumulatorlar 150 ming milga chidamli hisoblanadi va ularning ishlash muddati 8 yilni tashkil qiladi.

Batareyalar ishlash muddatining oshishi elektromobillar bozori uchun muhim qadam hisoblanadi, chunki akkumulatorni ikkinchi mashinada qayta qo‘llash mumkin bo‘ladi. Ushbu jihat elektromobilga egalik qilish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa koronavirus va neft narxi arzonlashishi sababli tushib ketgan savdoni tiklashga harakat qilayotgan avtomobillar tarmog‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, elektromobillarga talab 2021 yil boshida oshadi.
CATL fevralda Tesla kompaniyasiga akkumulatorlar yetkazib berish bo‘yicha 2 yillik shartnoma tuzgan. Bungacha Ilon Mask kompaniyasi asosan Yaponiyaning Panasonic va Janubiy Koreyaning LG kompaniyalari bilan ishlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda elektromobillar uchun 2 million kilometrlik yurishga chidamli akkumulator yaratildi