Foto: REUTERS / Mike Segar/File Photo
Apple yil oxiriga qadar to‘qqizta yangi iPhone modellarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqda MySmartPrice portali xabar berdi.
Portalning yozishicha, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi Apple smartfonlarining to‘qqizta modeliga sertifikatlarni qayd etgan. A2172, A2176, A2341, A2342, A2399, A2403, A2407, A2408 va A2411 raqamlari iPhone 12 seriyasidagi gadjetlarga tegishli ekanligi aytilmoqda.
Taxmin qilinishicha, ikkita raqam iPhone 12 va iPhone 12 Max, qolganlari esa iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max seriyalaridagi smartfonlarga tegishli. Shuningdek, yil oxiriga qadar iOS 14 operatsion tizimi taqdim etilishi aytilmoqda.
Eslatilishicha, iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdimoti sentabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi sababli taqdimot ikki oyga kechiktirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?