Hozirgi kunda mamlakatda jami 5ta mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda 30 dan ortiq simli tarmoqlar orqali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlar faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mobil aloqa tarmoqlari abonentlari soni 24 mln.ni tashkil etsa, shundan 19 mln. abonent internet foydalanuvchilari hisoblanadi. Simli tarmoqlar orqali internet xizmatlaridan foydalanuvchilari soni 3 mln.tani tashkil etmoqda.
“2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirildi. Internet provayderlariga respublikaning turli hududlaridan tarmoqqa ulanish yagona tartibda va bir xil narxlarda tashkil etildi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 6000dan ortiq mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga va mobil internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2019 yil davomida telekommunikatsiya tarmoqlari qamrovi umuman mavjud bo‘lmagan aholi yashash maskanlari soni deyarli ikki barobarga kamaytirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi