Toshkentda Xiaomi Mi 4 smartfoni 900 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda Xiaomi Mi 4 smartfoni 900 ming so‘mdan sotuvga chiqdi
Toshkentda Xiaomi Mi 4 smartfoni 900 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Xiaomi kompaniyasining Mi 4 smartfoni sotila boshladi, deya xabar bermoqda «Mobinfo.uz». Qurilma arzon bo‘lsa-da, juda yaxshi texnik xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi.

Xiaomi Mi 4 5 dyuym 1920×1080 pikselli IPS-ekran, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 801 protsessori, 3 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotiraga ega. Bundan tashqari, u 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.

Smartfon yangilangan MIUI V6 qobiqli Android 4.4 operatsion tizimida ishlaydi. Batareyasi sig‘imi 3080 mA/s ga teng.

Poytaxtdagi «Fleshka» savdo majmuasida Xiaomi Mi4’ni 900 ming so‘mga xarid qilish mumkin.

Manba: www.daryo.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar