Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Samsung kompaniyasi egilgan va juda qimmat turuvchi Odyssey G7 va G9 monitorlarini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Yangi Samsung Odyssey monitorlar lineykasi kvant nuqtalariga ega QLED matritsasida ishlaydi — ular egilgan displey sabab kompyuter o‘yinlarini maroq bilan o‘ynashga xizmat qiladi.
Odyssey G9 tomonlar nisbati 32:9 va piksellar soni 5120x1440 bo‘lgan 49 dyuymli bozordagi eng egilgan displeyga aylandi. U 1000 kd/metr kvadrat yorug‘likni qo‘llab-quvvatlaydi va HDR1000 standarti bo‘yicha sertifikatga ega. Korpusga 52 xil rangni taniy oladigan yoritish tizimi o‘rnatilgan.
O‘lchami va egilgani sabab ushbu monitor juda qimmat turadi — 1700 dollar. Bu pulga premium sinfiga oid OLED displey xarid qilish mumkin.
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Odyssey G7 biroz oddiy monitorga o‘xshaydi — uning diagonallari 27 yoki 32 dyuym va tomonlar nisbati 16:9. Yorug‘ligi ham pastroq (600 kd/metr kvadratgacha) va piksellari soni 2560x1440 ni tashkil etadi. Shuningdek, u ham biroz egilgan va o‘yin uchun mo‘ljallangan funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
27 dyuymli G7 monitor narxi 700 dollar bo‘lsa, 32 dyuymlisi 800 dollardan sotilmoqda. Monitorlarni hozirda AQSH va boshqa ko‘plab davlatlarda oldindan buyurtma qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar