Samsung kompaniyasi robot, dron va virtual reallik sistemalarini yaratish bilan shug‘ullanmoqchi

Samsung kompaniyasi robot, dron va virtual reallik sistemalarini yaratish bilan shug‘ullanmoqchi
Samsung kompaniyasi robot, dron va virtual reallik sistemalarini yaratish bilan shug‘ullanmoqchi

Samsung kompaniyasi IT-bozoridagi istiqbolli yo‘nalishlarga aloqador tadqiqot va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi maxsus guruh tuzgani haqida ma’lum qildi.

Yangi guruhga Samsung mobil biznezining rahbari Shin Yong-Kyun boshchilik qiladi. Guruh innovatsion biznes-loyihalar bilan shug‘ullanadi. Ularning orasiga virtual reallik sistemasi, avtomat uchuv qurilmalari, 3D-printerlar, robotlar va avtopilotli avtomobillar kiradi.

Guruhning yaratilishiga asosiy sabablardan biri so‘nggi vaqtlarda kompaniya smartfonlariga bo‘lgan talabning kamayishi bo‘ldi. Bundan tashqari, elektronika bozorida ham kompaniyaning ishlari havas qilarli daraja emas.

Manba: www.kun.uz

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar