Smartfonsoz kompaniyalarning rahbarlari o‘zlari qaysi rusumlardagi telefonlarni ishlatishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Xiaomi korporatsiyasi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) ulardan o‘zi yaxshi ko‘rgan uchtasini ma’lum qildi, deb yozmoqda «Terabayt».
Ley Szyunga eng ma’qul kelgan dastlabki smartfon Xiaomi Mi Mix 2 modeli ekan. Kompaniya rahbari uni keramikadan ishlangan, betakror orqa qopqog‘i uchun ham yoqtirishini ta’kidlab o‘tgan.
Mi Mix 2 flagmani 2017 yilning sentabrida namoyish qilingan bo‘lib, foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida kuchli uchlikka kirgan.
Xiaomi rahbariga yoqqan ikkinchi smartfon – sanoqli miqdorda ishlab chiqarilgan, Xiaomi Mi 6 Bright Silver Discovery Edition nomli maxsus talqindagi qurilmadir.
Top-menejerning izoh berishicha, mazkur modelning korpusini ishlab chiqarishda o‘ta yuksak aniqlikdagi vakuumli shakl berish jarayoni qo‘llangan, shu sababli ham ko‘zgu effektini beradi.
Va nihoyat, Ley Szyun kompaniyaning bu yilgi flagmani – Xiaomi Mi 10 Pro modelini alohida ta’kidlab o‘tdi.
«Ushbu modelini ishlab chiqayotganida kompaniya o‘z an’anasiga ko‘ra smartfon tannarxini imkon qadar past qilishni emas, balki maksimal darajada samarador flagman yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan», deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi