06:30 / 30.06.2020
2 608

Apple yangi va eski iPhone’lar jamlanmasidan quvvatlantirgichni olib qo‘yadi

Apple yangi va eski iPhone’lar jamlanmasidan quvvatlantirgichni olib qo‘yadi
Foto: «Hi-Tech.Mail.ru»
Yangi iPhone 12 lineykasi modellari qutisidan quvvatlantirish qurilmasi o‘rin olmaydi. Shuningdek, yangi qoida eski modellarga ham tegishli. Bu haqda taniqli tahlilchi Min Chi-Kuoga tayanib, «Hi-Tech.Mail.ru» xabar berdi.

Tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, Apple yangi smartfonlarga 5G-model qo‘shishda yuzaga keladigan sarf-xarajatni kamaytirish va uning narxini iPhone 11 darajasida ushlab qolish uchun shunday yo‘l tutmoqda. Shu sababli yangi iPhone qutilarida faqatgina USB-Lightning kabeli qoladi, quvvatlantirish bloki va naushniklarni boshqa qurilmadan yoki Apple do‘konlaridan alohida xarid qilish kerak bo‘ladi.

Kompaniya aynan shuning uchun 20 Vattli tezkor quvvatlantirish maxsus blokini sotuvga chiqaradi — internetda hozirda ushbu aksessuarning suratlari paydo bo‘lgan. Shuningdek, Apple AirPods simsiz naushniklarini sotib oluvchi xaridorlarni rag‘batlantiradi, biroq simli EarPods ham savdolardan chiqib ketmaydi.

Min Chi-Kuoning so‘zlariga ko‘ra, quvvatlantirish qurilmasi yangi iPhone SЕ 2020 jamlanmasidan olib tashlanadi. Eski modellarda ham shunday yo‘l tutilishi mumkin, biroq hozircha bu tasdiqlanmagan.

Kompaniya bundan oldin ham shunga o‘xshash strategiyadan foydalangan — 2018 yilning kuzida barcha yangi va eski iPhone’lar qutisidan 3,5 millimetrli simli naushniklar uchun mo‘ljallangan o‘tkazgich olib tashlangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple yangi va eski iPhone’lar jamlanmasidan quvvatlantirgichni olib qo‘yadi