Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Samsung kompaniyasining rasmiy saytida bir vaqtning o‘zida stilusga ega bronza rangli yangi smartfonning ikkita surati paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Suratlar Samsung’ning Rossiyadagi saytida — Galaxy Note8 smartfoniga mo‘ljallangan bo‘limida paydo bo‘lgan. Galaxy Note20 Ultra suratlari ushbu sahifada 8 kundan beri turgan bo‘lsa-da, u yaqindagina aniqlangan. Ushbu xabarni tayyorlash vaqtida yangilik to‘g‘risidagi xabar o‘chirib tashlangan, shunga qaramay kompaniya serverlarida ochiq holatda saqlanmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, surat rasmiy saytda xatolik sabab paydo bo‘lib qolgan. Bu serverdagi fayllarning bir xil nomlanishi yoki shunchaki e’tiborsizlik sabab sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Smartfon dizayni may oyining oxirlarida Onleaks nikli insayder tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga to‘liq mos keladi. Smartfonga uchta ob’ektivga ega massiv modul o‘rnatilgan bo‘lib, qurilma korpusining o‘tkir burchaklari ekranga birlashib ketgan.
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Shuningdek, suratda yangi S Pen stilusini ham ko‘rish mumkin. U o‘zidan avvalgi stiluslardan tashqi ko‘rinishi bilan farq qilmaydi.
Mish-mishlarga ishoniladigan bo‘lsa, Galaxy Note20 Ultra smartfoni Note lineykasidagi eng katta displeyga ega bo‘ladi — 6,9 dyuym. Note20 taqdimoti avgust oyining boshlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Taqdimotda yangi flagmandan tashqari, 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi buklanuvchan Galaxy Z Flip modelini, Galaxy Fold 2 smartfon-planshetini taqdim etishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?