Foto: Android Insider
SellCall kompaniyasi ikki yil ichida narxi boshqa modellarga qaraganda juda kam arzonlashgan flagman smartfonlari reytingini tuzib chiqdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
SellCall smartfonlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Kompaniya 2018 yili turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan flagmanlarni 2 yildan so‘ng qanchaga sotish mumkinligini taqqoslab ko‘rdi. Bu qaysi brend narxi kamroq miqdorda arzonlashishini bilishga yordam beradi.
Kompaniya tadqiqot uchun modellarning savdolar boshlangandagi rasmiy narxi bilan hozirda ikkilamchi bozordagi narxini taqqoslagan. Bundan Apple, Samsung, Google, Sony va LG modellaridan foydalanilgan.
Taqqoslash natijalariga ko‘ra, eng foydali smartfon iPhone XR bo‘lib chiqqan — oradan ikki yil o‘tgan bo‘lsa-da, uni boshlang‘ich narxida 53 foiz arzonga sotish mumkin. Pul tikish mumkin bo‘lgan eng yomon smartfon deya LG modellari tan olingan — G7 ThinQ flagmanini hatto 100 dollarga ham sotishning imkoni yo‘q.
Skrinshot: SellCall
Ishlab chiqaruvchilar bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, yana Apple yetakchilik qilmoqda — kompaniya smartfonlari o‘rtacha 60 foizga arzonlashgan, qolgan ishlab chiqaruvchilarda esa ushbu ko‘rsatkich kamida 70 foizga teng.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"