
Foto: «Astera»
«Samsung» kompaniyasi eng arzon smartfonlaridan biri — «Galaxy M01 Core»ni rasman taqdim etdi.
Ushbu qurilma One UI qobiqli Android 10 Go amaliy tizimida ishlaydi.
Smartfon narxi nisbatan (ayniqsa, kompaniyaning o‘z smartfonlariga qaraganda) ancha arzon — 73 dollar. Xususiyatlari ham shunga yarasha: operativ xotirasi — 1 GB, ichki xotirasi — 16 GB.
Ikki baravar kuchaytirilgan (2/32 GB) talqini ham bo‘ladi, u Hindistonda 87 dollardan sotiladi. Smartfonga MediaTek MT6739 protsessori, 3000 mAs akkumulator o‘rnatilgan.
HD+ ekrani diagonali 5,3 dyuym. Selfi kamerasi — 5 Mp, asosiy kamerasi — 8 Mp.
«Galaxy M01 Core» uch xil — qora, ko‘k va qizil ranglarda sotuvga chiqariladi.

Foto: «Astera»

Foto: «Astera» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar