16:03 / 31.07.2020
3 391

Olimlar inson miyasidagi yoqimsiz xotiralarni «o‘chirib tashlash» usulini topishdi

Olimlar inson miyasidagi yoqimsiz xotiralarni «o‘chirib tashlash» usulini topishdi
Foto: Getty Images
Italiyalik neyrofiziologlar transchanoq magnit stimulyatsiyasi yordamida bir guruh ko‘ngillilar miyasidan yoqimsiz xotiralarni o‘chirib tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Olimlar ushbu texnologiya asosida posttravmatik stress sindromi va boshqa ruhiy buzilishlarni davolash usullarini yaratish niyatida, deb xabar beradi Current Biology.

«Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, biz uzoq vaqt saqlanib kelgan potensial yoqimsiz va travmatik xotiralarni o‘zgartira olamiz. Bu reabilitatsiya va klinik tibbiyot nuqtai nazaridan juda muhim. Bizning usuldan turli maqsadlarda, xususan, posttravmatik stress buzilishlarida ham foydalanish mumkin», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, Bolonya universiteti professori Juzeppe di Pellegrino.

Transchanoq magnit stimulyatsiyasi jarayonida magnit signallarining turli chastotalari yordamida bosh miyaning istalgan qismidagi faollikni kontaktsiz oshirish yoki kamaytirish mumkin. Ushbu signallar miyaga kirib, elektr impuslarni hosil qiladi, u esa o‘z navbatida o‘sha sohadagi nerv to‘qimalari xarakterini o‘zgartiradi.

Di Pellegrino rahbarligidagi olimlarning ta’kidlashicha, bu kabi qurilma yordamida miyada qolib ketgan yoqimsiz xotiralarni o‘chirib tashlash mumkin.

Tadqiqotchilar ko‘ngillilarga neytral suratlar jamlanmasini ko‘rsatib, davriy ravishda biroz og‘riqli elektroshok zarbalarini yuborib turgan. Natijada tadqiqot ishtirokchilarida ko‘p o‘tmay ushbu suratlar va tok zarbalari o‘rtasida bog‘liqlik yuzaga kelgan.

Oradan bir necha kun o‘tgach olimlar ularni ikkinchi bor tajribadan o‘tishga taklif etib, elektroshok yordamida o‘sha suratlarga oid xotiralarni qayta tiklashga uringan. Bu vaqtda neyrofiziologlar transchanoq magnit stimulyatsiyasi yordamida miyaning turli nuqtalaridagi neyron zanjirlarini «paypaslab», salbiy xotiralarni o‘chirishga uringan.

Ertasi kuni ko‘ngillilar xotirasi suratlar yordamida yana bir bor tekshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, miyaning prefrontal qobig‘ining ma’lum qismiga yuborilgan stimulyatsiya rostdan ham tajriba ishtirokchilarini o‘tgan kungi qo‘rquv va yoqimsiz hissiyotlardan xalos etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar inson miyasidagi yoqimsiz xotiralarni «o‘chirib tashlash» usulini topishdi