
Foto: Fotolia.com / Maksim Kabakou
Terish uchun eng oson parollar — onlayn-firibgarlarning «eng sevimli» parollari. Bu haqda «Praym» yozmoqda.
«Intellektualniy Rezerv» kompaniyasi hamkori va direktori Pavel Myasoyedovning ta’kidlashicha, tug‘ilgan kun sanasi, ism, telefon raqami va hokazo shunga o‘xshash yuzaki ma’lumotlardan parol sifatida foydalanish yaramaydi. U ishonchli, himoyasi puxta parol yaratishda parollar generatoridan foydalanishni maslahat berdi.
Bundan tashqari, har bir servis uchun alohida paroldan foydalangan ma’qul, ta’kidlaydi ekspert. Ayniqsa, asosiy pochta paroli juda puxta himoyalangan bo‘lishi shart, aks holda, uni buzib kirgan xakerlar uchun siz foydalanayotgan boshqa servislarga ham yo‘l ochiladi.
Terish ParollariOnlayn FiribgarlarIjtimoiy TarmoqlarParol YaratishXakerlar HimoyasiPochta Paroli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing