Foto: IXBT
YouTube’dagi PhoneBaff kanali mutaxassislari nafaqat samartfonlarning ishlash tezligiga oid taqqoslash testlarini, balki ba’zida drop-testlarni ham o‘tkazib turadi. Bu safar kanal egalari iPhone 11 Pro Max hamda bozorda birinchi bor Gorilla Glass Victus himoya oynasiga ega bo‘lgan Samsung Galaxy Note20 Ultra’ni taqqosladi.
Videodan ko‘rish mumkinki, bir metr balandlikdan qattiq yuzaga tashlangan qurilmalar orasida Apple smartfoni muammoga duch kelgan, Samsung smartfoni esa platformadan uzoqqa uchib ketgan. Aftidan Note20 Ultra’ning kamroq shikastlanishiga uning platformaga qay holda tushgani sabab bo‘lgan, ehtimol bunga kamera modulining yirikligi va og‘irligi ta’sir ko‘rsatgan.
Burchakka tushish ikkala qurilmaga ham birdek shikast yetkazgan. Old tomoni bilan urilishda esa Samsung o‘zining bardoshli ekanligini namoyon etgan. Aniqroq aytganda, smartfon shishasiga hech narsa qilmagan, iPhone 11 Pro Max’niki esa darz ketgan.
1,45 metr balandlikdan tashlangan 10 ta ketma-ket test natijalari ajoyib chiqqan. iPhone 11 Pro Max testda boshqa ko‘plab ishtirokchilar erishgan natijani qayd etgan — deyarli omon qolmagan. Ekran ish faoliyatini saqlab qolgan, biroq juda qattiq shikastlangan va hatto kamera ham ishlashdan to‘xtagan. Samsung’ning yangi modeli esa kutilmagan natijani qayd etgan — smartfonga hech qanday jiddiy zarar yetmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi