Foto: IXBT
YouTube’dagi PhoneBaff kanali mutaxassislari nafaqat samartfonlarning ishlash tezligiga oid taqqoslash testlarini, balki ba’zida drop-testlarni ham o‘tkazib turadi. Bu safar kanal egalari iPhone 11 Pro Max hamda bozorda birinchi bor Gorilla Glass Victus himoya oynasiga ega bo‘lgan Samsung Galaxy Note20 Ultra’ni taqqosladi.
Videodan ko‘rish mumkinki, bir metr balandlikdan qattiq yuzaga tashlangan qurilmalar orasida Apple smartfoni muammoga duch kelgan, Samsung smartfoni esa platformadan uzoqqa uchib ketgan. Aftidan Note20 Ultra’ning kamroq shikastlanishiga uning platformaga qay holda tushgani sabab bo‘lgan, ehtimol bunga kamera modulining yirikligi va og‘irligi ta’sir ko‘rsatgan.
Burchakka tushish ikkala qurilmaga ham birdek shikast yetkazgan. Old tomoni bilan urilishda esa Samsung o‘zining bardoshli ekanligini namoyon etgan. Aniqroq aytganda, smartfon shishasiga hech narsa qilmagan, iPhone 11 Pro Max’niki esa darz ketgan.
1,45 metr balandlikdan tashlangan 10 ta ketma-ket test natijalari ajoyib chiqqan. iPhone 11 Pro Max testda boshqa ko‘plab ishtirokchilar erishgan natijani qayd etgan — deyarli omon qolmagan. Ekran ish faoliyatini saqlab qolgan, biroq juda qattiq shikastlangan va hatto kamera ham ishlashdan to‘xtagan. Samsung’ning yangi modeli esa kutilmagan natijani qayd etgan — smartfonga hech qanday jiddiy zarar yetmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi