07:00 / 01.09.2020
1 945

iPhone 12 modeli kameralarining texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi

iPhone 12 modeli kameralarining texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi
Foto: Engadget
iPhone 12 haqidagi mish-mishlarning aksariyati qurilma protsessori, yangi ekran va batareyalar sig‘imi haqida bo‘ldi. Biroq devayslarda kameralar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 2020 yilda mish-mishlarga ko‘ra, sensorlar sifati o‘zgarmaydi, deb yozadi TechRadar.

Avvalroq iPhone 12 Pro Max’ga 64 megapikselli kamera o‘rnatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Komiya niki ostidagi insayderning yozishicha, bu hatto 2021 yilda ham sodir bo‘lmaydi. iPhone 12 avlodlariga maksimum 48 megapikselli kamera o‘rnatiladi.

2020 yil flagmani kattargan 12 megapikselli sensorlarga ega bo‘ladi. Katta o‘lcham kameraga ko‘proq yorug‘lik olish, ko‘plab detallarni saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu kam yoritilgan joylarda ham sifatli suratga olishni ta’minlaydi. Ta’kidlash kerakki, iPhone 12 sozlamalarida «Tungi rejimni yaxshilash» funksiyasi mavjud.

iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max lidarli uchta kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu qurilmalar Smart HDR ishining yaxshilangani, tungi suratga olishning sifati bilan maqtana oladi, shuningdek, ularda uch karra optik zum paydo bo‘lishi mumkin (hozirgilaridan ikki karrali zum mavjud). Standart iPhone 12 xuddi iPhone 11 kabi oddiy ikkitalik kameraga ega bo‘ladi.

Barcha smartfonlar tezligi va avtofokus sifati yaxshilanadi hamda tasvirni barqarorlashtiruvchi yangi texnologiyaga ega bo‘ladi. Aftidan gadjetlar soniyasiga 120 kadr chastotali 4K-video suratga olishni va soniyasiga 240 kadrli sekinlashtirilgan 4K-video tasvirga olishni o‘rganib oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 12 modeli kameralarining texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi