Kanadaning Auctify startapi sun’iy intellekt yordamida samaradorlikni oshiradigan va bugungi ishni ertaga qolib ketmasligiga yordam beradigan ko‘zoynakni yaratdi, deb yozadi The Verge.
Foto: Instagram / Auctify
Specs nomli ko‘zoynakka uning egasi qaragan buyumni tahlil qiluvchi kamera o‘rnatilgan. Ma’lumotlar maxsus ilovaga yuboriladi va u yerda biror yumushga, masalan, kitob o‘qish yoki noutbukda ishlashga qancha vaqt sarflanganini ko‘rish mumkin.
Ixtirochilar, shuningdek, o‘zining ish samaradorligini nazorat qilishni istaydiganlarga ogohlantirish funksiyasini ham qo‘shgan. Ko‘zoynak inson asosiy vazifadan chalg‘isa uni ovoz yoki yorug‘lik yordamida ogohlantirishi mumkin. Bunda foydalanuvchining o‘zi qanaqa harakatlar samarador ekanligini o‘zi belgilaydi.
Algoritmlar 20 ta turli harakatlarni identifikatsiya qilish imkonini, jumladan, xat o‘qish, telefon, noutbuk, televizor ekranini tomosha qilish, shuningdek, zaldagi mashg‘ulotlar, yoga bilan shug‘ullanish va musiqiy anjomdan foydalanish taqdim etadi.
Bundan tashqari, ko‘zoynakdagi dinamiklar musiqa tinglash va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. Oksimetr, akselerometr va giroskop ko‘zoynakka jismoniy faollik hamda holatni kuzatishga yordam beradi. Ko‘zoynakdan kundalik hayotda foydalanish uchun unga linza o‘rnatsa bo‘ladi.
Auctify’ning ma’lum qilishicha, qurilmada maxfiylik masalalari ham yaxshilab ishlangan. Sun’iy intellekt olingan tasvirlarni tahlil qilib, darhol surat yoki videoni internetga yubormay o‘chirib tashlaydi.
Ko‘zoynak narxi taxminan 250 dollarni tashkil etadi. Startap Indiegogo kraufanding platformasi orqali uni ishlab chiqarishga pul yig‘moqda, biroq Auctify rasmiy sayti orqali hozirdan buyurtmani amalga oshirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi