Foto: LetsGoDigital
Smartfonlar o‘lchami displeylar bilan birga parallel ravishda ishlab chiqaruvchilarni yangi komponovkalarni yaratishga majbur qilmoqda. So‘nggi vaqtlarda eng ko‘p tajriba frontal kameralar ustida o‘tkazilyapti. Avvaliga ular katta qirqim ostida joylashgan bo‘lsa, keyinroq harakatlanuvchi mexanizm ko‘rinishi paydo bo‘ldi, keyingi yilda esa ekran osti kameralari ommalashishi kutilmoqda, deb xabar beradi LetsGoDigital.
Xiaomi’ning yangi patentiga ko‘ra, smartfon ekrani qurilma old yuzasining 99 foizini egallaydi. Barcha kameralar noodatiy yig‘ma mexanizmga joylashtirilgan.
G‘oyaga ko‘ra, barcha datchiklar «antenna» kabi yuqoridan chiqib keladi. Bitta to‘g‘ri burchakli modul o‘rniga bu yerda ikkita qiyalikdan foydalanilgan bo‘lib, u birdaniga ikkita kamerani ishlatish imkonini beradi. Orqa tarafida «katta» modul yo‘q, faqat yorug‘lik diodli chaqnoq uchun kichik teshik qolgan. Mexanizm ham selfi, ham oddiy suratga olish ishlari uchun birdek ishlaydi.
Hozircha nomi oshkor etilmagan devays boshqa smartfonlardan farq qilmaydi. Yon tomonida ovozni boshqaruvchi va bloklashga mo‘ljallangan standart tugmalar joylashgan. Pastki qismidan esa USB S, dinamiklar, yuqori qismidan — mikrofon uchun teshik o‘rin olgan.
Smartfon to‘laqonli relizga aylanishi yoki prototipligicha qolib ketishi noma’lum. Xiaomi bunga qadar yig‘ma mexanizmdan o‘zining flagman smartfonlarida foydalangan. Shu sababli kompaniyaning bu borada tarjibasi yo‘q deb bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi