14:14 / 10.09.2020
2 158

Gadjetlarni bir zumda quvvatlantirish usuli topildi

Gadjetlarni bir zumda quvvatlantirish usuli topildi
Foto: Texas A&M University College of Engineering
Texaslik tadqiqotchilar o‘simlik xom ashyosidan olingan biologik materiallarga asoslangan energiyani saqlovchi yangi turdagi qurilmani yaratdi. Gadjet yengil, egiluvchan va ishlab chiqarishda samarali, deb yozadi Tech Xplore.

«O‘simlik materiallarini energiya saqlovchi qurilmaga joriy etish hosil bo‘lgan xususiyatlarni boshqarishdagi qiyinchiliklar sabab murakkab kechdi — ular devaysning ishchanlik sikli va uning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, biokomponentlarni ishlab chiqarish xavfli kimyoviy vositalardan foydalanishni talab etadi», — deydi loyiha muallifi.

Muhandislarning so‘zlariga ko‘ra, ular atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan qurilmani yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Yangi texnologiya murakkab va uzoq vaqt ishlab chiqarish jarayonini talab etadi.

Texnologiya xuddi superkondensator (ionistor) kabi ko‘rinishga ega — organik va noorganik elektrolitlarga ega elektrokimyoviy qurilma. U zaryadlarni metall plastinada yoki elektrodlarda saqlaydi. Oddiy kondensatordan farqli ravishda unga istalgan shakl va vazifasidan kelib chiqib xohlagan o‘lchamni berish mumkin.

Olimlar bunga qadar ayrim suv o‘tlari va tomirli o‘simliklarning hujayralaridagi lignin — polimer birikmani metall oksidlari bilan birgalikda foydalanish elektrodlarning elektrokimyoviy xususiyatini oshirishga yordam berishini aniqlagan. Shu sababli organik materialdan yangi elektr manbayi sifatida foydalanishga qaror qilingan. Bu esa o‘ta ishonchli xususiyatga ega superkondensatorni yaratish imkonini bergan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu kabi superkondensatorlar energiya to‘plash sohasida, masalan, avtomobillarda foyda keltirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Gadjetlarni bir zumda quvvatlantirish usuli topildi