Foto: IXBT
Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi 10T lineykasining ilk rasmiy posterini taqdim etdi. Unda yangi smartfonlar taqdimoti 30 sentabr kuni o‘tkazilishi ma’lum qilingan, deb yozadi IXBT.
Xiaomi Mi 10T va Mi 10T Pro smartfonlari 2019 yili bozorga chiqqan Mi 10T hamda Mi 10T Pro o‘rnini egallashi kerak. Xitoyda ushbu smartfonlar Redmi K20 va K20 Pro nomi ostida taqdim etilgan. Shu sababli mamlakatda Xiaomi Mi 10T’ning taqdimoti sharafiga xuddi shu kabi texnik tavsifga ega yangi Redmi smartfoni chiqariladi.
Yangi ishlab chiqariladigan Xiaomi Mi 10T va Mi 10T Pro smartfonlari Xiaomi Mi 10 va hatto Mi 10 Ultra’ni tasvirning yangilanish chastotasi bo‘yicha ortda qoldiradi.
Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Ultra’ga mos ravishda 90 hamda 120 gersli tasvir yangilanish chastotasiga ega AMOLED ekranlar o‘rnatilgan. Shu bilan birga, Xiaomi Mi 10T va Mi 10T Pro suyuq-kristal ekranga ega bo‘lib, maksimal yangilanish chastotani 144 gersni tashkil etadi. Bundan tashqari, displeylar tasvir sifatini dinamik kompensatsiya qiluvchi MЕMC texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Foto: IXBT
Smartfonlar bir kristalli Qualcomm Snapdragon 865 bazasida yaratiladi va yangi hamyonbop flagmanlarga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”