13:23 / 08.11.2020
1 779

O‘zbekistonga qon tahlillari natijalarini uch daqiqada chiqarib beruvchi 5 dona mobil texnika keltirildi

O‘zbekistonga qon tahlillari natijalarini uch daqiqada chiqarib beruvchi 5 dona mobil texnika keltirildi
Germaniyaning nufuzli Robert Kox institutining tajribali mutaxassislaridan iborat tibbiy guruh koronavirusga qarshi kurashda yurtimiz shifokorlariga yaqindan ko‘mak berish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turishibdi. Ushbu delegatsiya rahbari Gerald Ripbergerning yurtimizdagi pandemik vaziyat borasidagi fikrlari bilan qiziqdik:

"Koronavirusga qarshi kurash choralariga davlat darajasida e’tibor berilishi, virusning tarqalishini birmuncha jilovlay olishga imkon berganiga guvoh bo‘ldik. Infeksiyaga chalingan bemorlarni davolash standartlari va protokolning oxirgi — yettinchi nashrini ham ko‘zdan kechirdik. Ayrim jihatlarni inobatga olmaganda, Germaniyada “COVID-19” bilan kasallanganlarni davolash protokolining oxirgi nashridan farq qilmaydi.

O‘zbekistonlik hamkasblarimizning tajribasi shunday murakkab vaziyatda xalqaro hamkorlikning o‘rni beqiyos ekanini isbotlamoqda. Ushbu kasallikni davolash bo‘yicha yiqqan bir necha oylik tajribamizni bo‘lishib biz birgalikda harakat qilishimiz juda muhim.

Shoshilinch tibbiy xizmat sohasi vakili sifatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bilan tanishishga qiziqqanimda uning binosining konstruksiyasi, arxitekturasi, reanimatsiya bo‘limlarining tuzilishi Germaniyaning klinikalariga o‘xshab ketishini sezdim. Surishtirsam, ushbu markaz nemis modeli bo‘yicha qurilgan ekan. Bu yerda ko‘rsatilayotgan xizmat darajasi ham yuqori ekani bizni quvontirdi.

O‘zbekistonlik hamkasblarimizga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan, reanimatsiya bo‘limlarida sun’iy nafas berish apparatida yotgan bemorlarning qon tahlillari natijalarini uch daqiqa davomida chiqarib beruvchi 5 dona mobil texnikani taqdim etdik. Bu uskuna yordamida shifokorlaringiz bemorlarga yanada tezkor tibbiy yordam bera oladilar, degan umiddamiz
", deydi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonga qon tahlillari natijalarini uch daqiqada chiqarib beruvchi 5 dona mobil texnika keltirildi