Foto: LetsGoDigital
Samsung bir vaqtning o‘zida egiluvchan ekranga ega ikkita smartfonni taklif etmoqda — «garmoshka»li Galaxy Z Flip hamda Galaxy Z Fold 2 egiluvchan smartfon-plansheti. Aftidan, kompaniya qurilma shakllari ustidagi tarjirbasini davom ettirish niyatida. Kompaniyaning hozirda «garmoshka-smartfon»ga patenti mavjud bo‘lib, unda ekran bir nechta joyidan buklanishi tasvirlangan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Nashrning yozishicha, kompaniya shu turdagi qurilma yaratilishini tasdiqlagan deb hisoblash mumkin. Samsung Display bo‘linmasi o‘zining rasmiy saytida bir vaqtning o‘zida ikkita joyidan bukila oladigan planshet surati bilan bo‘lishgan. Undan yig‘ilgan holatda smartfon shaklida yoki yoyilgan holatida — planshet sifatida foydalanish mumkin.
Foto: Samsung Display
Shuningdek, Samsung Display trubasimon kichik korpus ichiga yig‘iladigan ekranga ega planshet konseptini ham taqdim etgan. Yig‘ilgan holatda u biroz kattaroq ruchka ko‘rinishida bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, hozirda Samsung’da «garmoshka-smartfon» va rulon-planshetning prototiplari mavjud, biroq qandaydir sabablarga ko‘ra kompaniya uni namoyish etmayapti. Taxminlarga ko‘ra, loyihalardan biri keyingi yilda Galaxy Z Fold 3 nomi ostida paydo bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”