07:00 / 30.11.2020
3 193

Koronavirus tarqalishiga qarshi super lift yaratildi

Koronavirus tarqalishiga qarshi super lift yaratildi
Foto: «Zabolevshie-coronavirusom.ru»
Yaponiyaning «Hitachi Ltd» va «Mitsubishi Electric» kompaniyalari chaqirish uchun tugmachani bosish talab etilmaydigan zamonaviy lift modelini taqdim etishdi. Bu pandemiya sharoitida koronavirus tarqalishining oldini olishga yordam beradi.

«NHK» telekanali xabariga ko‘ra, «Hitachi» kompaniyasi lifti bilan yo‘lovchilar o‘rtasidagi «kommunikatsiya» «LINE» tezkor aloqa almashish dasturi yoki lift kabinasiga o‘rnatilgan maxsus QR-kodni skanirlash yordamida amalga oshirilishi mumkin. Yo‘lovchi kerakli qavatni tanlash uchun personal smartfondan foydalanadi. Shu tariqa tugmachani bosish talab etilmaydi.

O‘z navbatida, «Mitsubishi Electric» kompaniyasi avtomatik ravishda chaqiriladigan va odamni kerakli qavatga eltib qo‘yadigan liftni taqdim etdi. Faqat buning uchun u haqdagi ma’lumotlar smartfon uchun mo‘ljallangan maxsus dastur yordamida oldindan tizimga kiritib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

O‘tgan haftadan boshlab kunchiqar o‘lkada koronavirus holati bo‘yicha antirekord muntazam yangilanmoqda. Yakshanba kuni mamlakatda bir kecha-kunduzda 2 058 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Epidemiya boshlangandan beri fevral oyida Yaponiyaning Yokogama orolida karantinda saqlangan «Diamond Princess» kruiz kemasidagi bemorlarni qo‘shib hisoblaganda koronavirusga chalinganlar soni 148 272 kishiga yetgan. Jami 2 133 bemor vafot etgan. 122 550 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Koronavirus tarqalishiga qarshi super lift yaratildi