Foto: IXBT
Italiya Monopoliyaga qarshi kurashish organi iPhone qurilmalarining reklama kampaniyasi sabab Apple’ni 10 million yevro jarimaga tortdi. Regulyatorning ma’lum qilishicha, Apple o‘z reklamasida iPhone qanchalik uzoq vaqt suv ostida tura olishi borasidagi ma’lumotlari bilan foydalanuvchilarni chalg‘itmoqda, deb xabar beradi IXBT.
Apple o‘zining iPhone 8, iPhone 8 Plus, iPhone XR, iPhone XS, iPhone XS Max, iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max qurilmalariga bog‘liq turli marketing materillarida smartfonlar bir metrdan to‘rt metrgacha chuqurlikdagi suv ostida 30 daqiqacha tura olishini ma’lum qilgan.
Biroq Italiya Antimonopoliya organining ta’kidlashicha, reklamada ushbu talablar ma’lum bir sharoitga mos kelishiga oydinlik kiritilmagan, masalan, toza suvdan foydalanilgan holda nazorat qilinadigan laboratoriya sinovlarida.
Nazorat qiluvchi organ, shuningdek, Apple’ning suyuqlik sabab yetgan zararni qoplanmaydigan kafolat shartlariga ham qo‘shilmagan. Hukumat suv o‘tkazmaslik xususiyatini birinchi planga olib chiqish va shu bilan birga, suvga tushib ketgan smartfonlarga kafolat doirasida xizmat ko‘rsatmaslikni to‘g‘ri emas deb baholagan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Italiya Apple’ni smartfonlarning ishchanligini qasddan sekinlashtirgani uchun 10 million yevro jarimaga tortgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”