11:23 / 22.12.2020
2 196

Koronavirusdan himoya qiluvchi medalon kashf etildi

Koronavirusdan himoya qiluvchi medalon kashf etildi
Fransiyada chivinlar va bezgakka qarshi kurashga ixtisoslashgan kompaniya mutaxassislari odamni nafaqat hasharotlar, balki viruslardan ham himoya qiladigan qurilmani ixtiro qilishdi va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.

«Hasharotlar odatda bizni hid orqali topishadi. Uning tarqatuvchisi hisoblangan molekulalar kuchsiz elektr maydoni yordamida chekinishi mumkin. Medalon ko‘rinishidagi moslama aynan uni yuzaga keltiradi», — deya ma’lum qilishdi kompaniyadagilar.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida ishlab chiquvchilar o‘zlarining qurilmalariga ozgina o‘zgartirish kiritishga qaror qilishdi. Ular medalonga nomi sir saqlanayotgan qandaydir mineral va havoni ozonlovchi apparatni qo‘shdilar. Endi u havodagi viruslarni, shu jumladan, SARS-CoV-2ni ham chekintiradi.

«Le Parisien» nashrining yozishicha, qurilma allaqachon Parijdagi Paster institutida sinovdan o‘tkazildi. Qurilma yopiq joyda 10 daqiqada havoni 94 foiz virus shtammlaridan tozalagan. Ommaviy ishlab chiqarish ma’qullangan bo‘lib, hozirda medalonga talab oshmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Koronavirusdan himoya qiluvchi medalon kashf etildi