14:14 / 22.12.2020
2 224

Isroilda 2021 yildan boshlab elektrosamolyot sinovdan o‘tkaziladi (video)

Isroilda 2021 yildan boshlab elektrosamolyot sinovdan o‘tkaziladi (video)
Foto: Robb Report
Isroilning Eviation kompaniyasi yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan Alice elektrosamolyoti prototipini takomillashtirib, uning birinchi parvozga tayyorlanganini e’lon qildi. Kompaniya samolyotning parvoz sinovlarini 2021 yildan boshlashni, 2023 yilning ikkinchi yarmiga borib Alice’ni sertifikatlashtirishni yakunlashni reja qilgan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Samolyot itaruvchi parraklarga ega uchta elektromotor va mintaqalararo qisqa parvozlarga mo‘ljallangan sig‘imli akkumulatorlar bilan jihozlangan. 2017 yilda Alice prototipining uzunligi 12 metrni tashkil etgan va u 9 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan edi, biroq muhandislar uchish apparatining 22 metrli versiyasini yaratish niyatida.

Alice’ning maksimal parvoz og‘irligi 6,4 tonnaga teng. Taxminlarga ko‘ra, Alice’ning ilk versiyasi ming kilometr masofani 445 km/soat tezlikda bosib o‘tishga qodir bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask elektr samolyot yaratilishi haqida gapirib bergandi. Maskning fikriga ko‘ra, elektr samolyot zamonaviy havo kemalarini ortda qoldiradi. U vertikal uchish va qo‘nishga qodir bo‘ladi, shuningdek, katta balandliklarda tovushdan tez parvozlarni amalga oshira oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Isroilda 2021 yildan boshlab elektrosamolyot sinovdan o‘tkaziladi (video)