Kanadada yaratilgan sun’iy intellektga ega ko‘zoynak egasining dangasalik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Specs nomli ko‘zoynakka uning egasi qaragan buyumni tahlil qiluvchi kamera o‘rnatilgan. Ma’lumotlar maxsus ilovaga yuboriladi va u yerda biror yumushga, masalan, kitob o‘qish yoki noutbukda ishlashga qancha vaqt sarflanganini ko‘rish mumkin.
Ixtirochilar, shuningdek, o‘zining ish samaradorligini nazorat qilishni istaydiganlarga ogohlantirish funksiyasini ham qo‘shgan. Ko‘zoynak inson asosiy vazifadan chalg‘isa uni ovoz yoki yorug‘lik yordamida ogohlantirishi mumkin. Bunda foydalanuvchining o‘zi qanaqa harakatlar samarador ekanligini o‘zi belgilaydi.

Algoritmlar 20 ta turli harakatlarni identifikatsiya qilish imkonini, jumladan, xat o‘qish, telefon, noutbuk, televizor ekranini tomosha qilish, shuningdek, zaldagi mashg‘ulotlar, yoga bilan shug‘ullanish va musiqiy anjomdan foydalanishni taqdim etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar