Buzton 2016 yilda TAS-IX NNT muvofiqlashtiruvchisi bo‘ldi

1 daqiqa o'qish6.4K
Buzton 2016 yilda TAS-IX NNT muvofiqlashtiruvchisi bo‘ldi
Buzton 2016 yilda TAS-IX NNT muvofiqlashtiruvchisi bo‘ldi

Beeline “TAS-IX Ma’lumotlar Yetkazish Tarmoqlari O‘zaro Aloqalari Markazi” NNT koordinatori vakolatini qabul qildi. TAS-IX ishtirokchilarining yakuniy yig‘ilishida NNT Nizomiga muvofiq, Buzton MChJ QK 2016 yilda tashkilotning muvofiqlashtiruvchisiga aylandi (ishtirokchilar qarori bo‘yicha har yili alfavit tartibda tashkilot muvofiqlashtiruvchisining rotatsiyasi amalga oshiriladi).

“Odatda TAS-IX haqida so‘z borganda odamlar uni UzNet saytlariga o‘xshash deb o‘ylashadi, – deydi Buzton QK bosh direktori Oraz Abdurazakov. – Aslida esa buning ortida 10 yildan ziyod tajribaga ega tashkilot va ko‘plab odamlarning mehnati yotadi. Ular qanchalik samarali ishlashini bilish uchun quyidagi raqamlarga e’tibor qaratish kifoya: agar 2005 yilda TAS-IXning umumiy trafigi 6,3 Terabaytni tashkil qilgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib bu hajm 6 ming martadan ziyodga oshib - 37 ming Terabaytga yetdi. Bu yil TAS-IX muassislari va tashkilot rahbarlarining rejalarida quvvatlarni zahiralash bor bo‘lib, bu uzluksiz ishlashni hamda O‘zbekiston hududlarida yashovchi aholining TAS-IXga ulanish ko‘lamini kengaytirishni ta’minlaydi”.

Zulfiya Gulyamova, TAS-IX NNT direktori: “TAS-IX 12 yil avval ro‘yxatga olingan bo‘lib, u hozirda ham TAS-IX muassislari bo‘lmish beshta kompaniya tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ayni paytda ishtirokchilarimiz soni 42 tagacha kengaygan. Ular orasida Internet va kontent-provayderlari, mobil kompaniyalar, nafaqat tijorat, balki davlat tashkilotlari ham bor”.

“TAS-IX Ma’lumotlar Yetkazish Tarmoqlari O‘zaro Aloqalari Markazi” NNT O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 27 yanvar kuni ro‘yxatga olinib, xususiy AS30865 Avtonom Tizimini taqdim etgan RIPE xalqaro tashkiloti sifatida tan olingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?