Yaqin kunlarda O‘zbekistonda Apple kompaniyasining rasmiy ofislari ochiladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov ma’lum qildi.
«Dunyodagi TOP-10’likka kiradigan Samsung kompaniyasining respublikamizda to‘rtta rasmiy ofisi ochildi. Yaqin kunlarda Apple kompaniyasining ham rasmiy ofislari ochilishi rejalashtirilmoqda.
Bu albatta aholimiz uchun yanada qulay dunyoga mashhur bo‘lgan kompaniyalarning xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi», degan vazirlik vakili AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekistonga mobil telefonning qonuniy importi qariyb 10 baravarga oshgan. 2020 yil yanvardan 1 noyabrgacha O‘zbekiston 781,7 ming mobil telefon import qilgan.
Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019 yil 1 noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tgan va bazaga kiritilgan bo‘lsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan so‘ng tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul amalga oshiriladi:
- mobil qurilma egasining tizim operatori yoki tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi;
- IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
- Nizomga muvofiq anketa taqdim etish.
Ma’lum qilinishicha, tizimni joriy etishning birinchi bosqichida, ya’ni 2019 yil 1 apreldan 1 noyabrga qadar 36,2 mln IMEI kodlar tizimda avtomatik tarzda bepul asosda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ikkinchi bosqichda (1 noyabrdan 1 dekabrgacha) esa 2,8 mln IMEI kodlar tizim operatoriga murojaat qilish orqali bepul asosda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2019 yil 1 dekabrdan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pullik asosda amalga oshirilib kelinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?