
Foto: Reddit
Reddit ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Xiaomi Mi Band 5 portlab ketganidan shikoyat qilib, to‘liq yonib ketgan gadjetning suratini joylashtirdi, deb xabar beradi IXBT.
Internetda mazkur holat Galaxy Note7 borasidagi shikoyatlar bilan taqqoslanmoqda. Samsung kompaniyasining ushbu modeli uzoq yillar davomida mobil bozorning asosiy muvaffaqiyatsizligi bo‘lib kelgan.
Ko‘ngilsiz hodisa Xiaomi Mi Band 5 xalqaro versiyasi bilan sodir bo‘lgan. Mixele Kostaning so‘zlariga ko‘ra, bu original qurilma bo‘lib, undan noto‘g‘ri foydalanilmagan va quvvatlantirishga firma kabeli ishatilgan. Gadjet stol ustida quvvat olayotganida portlab ketgan. Shundan so‘ng, gadjet yonib ketgan, bundan qo‘rqib ketgan foydalanuvchi uni polga tashlab, oyog‘i bilan bosgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar