17:30 / 22.01.2021
2 464

LG smartfonlar bozoridan ketmoqda

LG smartfonlar bozoridan ketmoqda
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
LG kompaniyasi 2021 yilda mobil bo‘linmasini yopish haqida qaror qabul qilmoqda. Kompaniya bosh direktori Kvon Bong-Sok tomonidan xodimlariga yo‘llangan maktubda smartfonlar bozorida raqobat juda kuchli bo‘lib ketgani va shu sababli bunday og‘ir qarorni qabul qilish vaqti kelgani haqida yozilgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Hozirda LG bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda — smartfonlar ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatish, sotish yoki biznesning kichik bir qismini olib qolish. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, hozircha yakuniy qarorga kelinmagan.

Gap shundaki mobil biznes LG uchun so‘nggi besh yildan buyon faqat zarar keltirmoqda. Kompaniya bu vaqt davomida tijoriy jihatda muvaffaqiyatli birorta smartfonni taqdim eta olmadi. O‘tgan davr mobaynida yangi modellar paydo bo‘lishi sezilarli darajada kamayib ketdi va ular ayrim davlatlardagina sotilmoqda.

Ayni vaqtda LG hatto dunyo bo‘ylab smartfon ishlab chiqaruvchilarning top-10 ligiga ham kirmaydi. 2020 yilda kompaniya 7,2 million dona smartfon ishlab chiqargan — asosiy raqiblar bir—ikki haftada shuncha smartfon sotadi. 2014 yilda esa LG Xiaomi bilan bir qatorda smartfon sotardi — qariyb 70 million.

Shunga qaramay, LG 2021 yilda bir nechta smartfonlarini taqdim etishga ulguradi. CES 2021 ko‘rgazmasida kompaniya buklanadigan displeyga ega LG Rollable’ni namoyish etgan — mish-mishlarga ko‘ra, u mart oyida sotuvga chiqadi. Shuningdek, kompaniyaning boshqa ko‘plab bizneslarida qoladi — displey va boshqa ehtiyot qismlar, televizorlar, maishiy buyumlar va hokazo ishlab chiqarish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG smartfonlar bozoridan ketmoqda