Finlyandiyalik olimlar havodan yegulik tayyorlash mumkin bo‘lgan texnologiyani yaratdi

Finlyandiyalik olimlar havodan yegulik tayyorlash mumkin bo‘lgan texnologiyani yaratdi
Foto: CNN
Finlyandiyalik olimlar havodan yegulik tayyorlash imkonini beradigan texnologiyani yaratdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Solein — yangi mahsulot aynan shuday nomlangan bo‘lib, ixtirochilarning fikricha, undan go‘sht va sut mahsulotlari o‘rnida foydalanish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u uglerod dioksidi, mikroblar, suv, vitaminlar, shuningdek, mitti bioreaktordan tarkib topgan xuddi sariq un ko‘rinishiga ega.

Olimlarning aytishicha, undan ovqat tayyorlashda foydalanish mumkin. Solein texnologiyasining asosiy o‘ziga xosligi — uni ortiqcha xarajat va harakatlarsiz laboratoriya sharoitida yaratish mumkinligida.

Finlyandiya hukumati ixtirochilarga mazkur startapni rivojlantirish uchun besh million dollar ajratgan. Taxminlarga ko‘ra, mahsulot ikki yildan so‘ng bozorlarda paydo bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar