Foto: Faradair
Britaniyaning Faradair kompaniyasi gibrid samolyotlarni yaratish ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Mazkur samolyotlar biodizel va elektrodvigatelli noyob kombinatsiyaga egaligi sabab gibrid deb ataladi. Elektrodvigatel uchish va qo‘nish vaqtida kerak bo‘ladi, ular quyosh batareyalari yordamida quvvatlanadi. Bioyoqilg‘ida ishlovchi dvigateldan esa parvoz vaqtida foydalaniladi.
Samolyot uchtalik korobkasimon qanotga ega — bu kabi tajriba konstruksiyadan birinchi bor 1920 yilda foydalanilgan. Yangi texnika ustida ish olib borgan kompaniya kelajak transportining ekologikligiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Foto: Faradair
Faradair samolyotining tezligi soatiga 370 kilometrga yetadi. Uning ichida 18 ta o‘rindiq joylashgan. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, samolyotning ko‘tarilish vaqtidagi shovqini 60 detsibelni tashkil etadi, bu fon musiqasi va suhbatdagi shovqin darajasiga teng.
Foto: Faradair
Birinchi tijoriy parvoz 2026 yilga mo‘ljallangan, 2030 yilga borib esa kompaniya bu turdagi samolyotlardan 300 donasini ishlab chiqarishni reja qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”