00:10 / 21.03.2021
2 225

Facebook’ning yangi brasleti kompyuter sichqonchasi o‘rnini egallaydi

Facebook’ning yangi brasleti kompyuter sichqonchasi o‘rnini egallaydi
Foto: Facebook
Facebook ma’lumotlarni kiritishga mo‘ljallangan brasletining konseptini taqdim etdi. Kompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda biror nomga ega bo‘lmagan mazkur texnologiyani yaratish uchun 5-10 yil kerak bo‘ladi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Gap nerv signallarini raqamli buyruqlarga aylantirib beradigan qurilma haqida ketmoqda. Braslet bilakka taqilganida foydalanuvchi barmoqlarini shunchaki havoda qimirlatsa, qurilma buyruqni hisobga oladi va ma’lumotlarni virtual kiritish imkoniyatini yoqadi. Bu kabi holatda na klaviatura va na sichqoncha talab etiladi.

Hozirda bu kabi texnologiyadan AR va VR-garnituralarida foydalanilmoqda. Ulardagi kameralar imo-ishoralarni kuzatadi va tegishli signallarni qurilmaga uzatadi. Biroq Facebook ushbu «ilmiy texnologiya»ni boshqa darajaga olib chiqish va kamerasiz foydalanish niyatida — brasletlar holatida gap miya tomonidan «shifrlangan» va mushaklar orqali uzatilgan nerv impulslarini qayta ishlash haqida ketmoqda.

Foto: Facebook
Bu turdagi brasletlarning muammosi — signallarni yuqori aniqlikda qayta ishlash. Future Interfaces Group direktori Kris Xarrisonning so‘zlariga ko‘ra, har bir insonning nerv tolalari xuddi qo‘l va bilaklar shakli kabi bir-biridan biroz farq qiladi. Foydalanuvchi bitta harakatni bajarib buyruq bersa, tizim esa uni boshqacha qabul qilsa, vizual-taktil nomutanosiblik xavfi yuzaga keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook’ning yangi brasleti kompyuter sichqonchasi o‘rnini egallaydi