Foto: Elle
Moda olami hamisha o‘ziga xoslik tarafida bo‘lgan. New Balance brendi mana shunday eksperiment qilishdan qo‘rqmaydigan ixlosmandlar uchun har ikki poyida ham kichik charm cho‘ntaklari bor X-Racer krossovka modelini taqdim qildi.
Bundan avval Tervis Skott va Air Jordan 2021 yil mart oyida taqdim qilgan cho‘ntakli kollabratsiya ko‘pchilikning qiziqishi va ushbu detal nima uchun kerak degan savollar tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchilar esa bu savolga hammasi oddiy ekani va alohida bir xususiyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
Foto: Elle
Ularning aytishicha, mazkur cho‘ntaklarga kattaligi kaftdan kichkina bo‘lgan buyum va narsalar masalan, quloqchin va kalitlarni solib qo‘yish mumkin. Takashi Murakami Porter esa bunday modellarni yanada takomillashtirishga qaror qildi. Natijada bir emas beshta cho‘ntagi bor oyoq kiyimlar ishlab chiqardi.
Foto: Elle
Trendlarning faol o‘zgarib turishidan kelib chiqilsa, cho‘ntakli krossovkalar mazkur mavsumda dolzarb bo‘lishiga shubha yo‘q. Ko‘pchilikning ko‘zi o‘rganmaganiga qaramay, moda ixlosmandlari va street style yulduzlari allaqachon mazkur poyabzallarni sinab ko‘rishga kirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”