14:40 / 24.03.2021
2 447

iPhone 13 modeli qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

iPhone 13 modeli qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Wedbush tahlilchisi Deniel Ayvz iPhone 13 smartfonlari seriyasi 2021 yil sentabrining uchinchi haftasida taqdim etilishini ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru. U o‘z prognozlarida yetkazib berish zanjiridagi ma’lumotlarga tayanmoqda.

Taqdimot oktabr oyining boshida ko‘chirilishi ehtimoli ham mavjud. Tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulot modelining davom etayotgan sozlamalariga bog‘liq.

Apple odatda yangi iPhone’larini sentabrda taqdim etadi, biroq iPhone 12’ning butun lineykasi taqdimoti 2020 yilning oktabrida bo‘lib o‘tgandi. Bunga asosan koronavirus pandemiyasi oqibatida ishlab chiqarishda yuzaga kelgan uzilishlar sabab bo‘lgan. Endilikda yetkazib berish zanjiri yaxshi holatda, shu sababli Apple sentabr oyidagi taqdimotlariga qaytishi mumkin.

Smartfon Apple bir kristalli A15 tizimida yaratiladi. Qurilma yaxshilangan barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi: eski modellarda buning uchun ekran ostidagi alohida Home tugmasidan foydalanilgan bo‘lsa, iPhone 13’da bu ekranga o‘rnatiladi.

Shuningdek, taxminlarga ko‘ra, Apple 1 terabayt ichki xotiraga ega birinchi iPhone’sini ham taqdim etadi. Qurilma dizayniga kelinadigan bo‘lsa, iPhone 13’dagi «qirqim» kichrayadi, frontal kamera yaxshilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 13 modeli qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi