Foto: IXBT
O‘tgan hafta Samsung Electronics kompaniyasi Samsung A52 va A52 5G smartfonlarini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Beshincha avlod aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar 26 martdan sotuvga chiqdi, deb yozadi IXBT.
Xitoyda smartfonlarning tezkor xotirasi 8 Gb, ichki xotirasi esa 128 Gb bo‘lgan versiyasi 460 dollardan taklif etilmoqda, 8/256 Gb bo‘lgan versiya narxi 520 dollarni tashkil etyapti. Dastlabki xaridorlarga to‘liq simsiz bo‘lgan Galaxy Buds naushniklari sovg‘a tariqasida beriladi.
6,5 dyuymli Super AMOLED displey 120 gersli yangilanish chastotasiga ega. Yuqori yorqinlik rejimida ushbu panel 800 kd/kvadrat metrga yetishi mumkin. Displey Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan, smartfon korpusining o‘zi IP67 standarti bo‘yicha himoyaga ega. Akkumulator sig‘imi — 4500 mA/soat.
Smartfonning asosiy kamerasi 64 megapikselli va F/1,8 diafragma ob’ektivli datchik bilan jihozlangan. U tasvirni optik barqarorlashtirish (OIS) va Tetra-binning texnologiyasiga ega. Gap o‘lchami 0,8 mikrometr bo‘lgan to‘rtta qo‘shni piksellar bittaga jamlanishi haqida ketmoqda. Odatdagi holatda kamera 16 megapiksel tiniqlikdagi suratlarni oladi, biroq 64 megapikselli suratlarni ham olishi mumkin.
Foto: IXBT
Tungi rejim 12 ta kadr oladi va uni bitta yorqin tasvir sifatida birlashtiradi, shu bilan birga, optik barqarorlashtirgich ishlaydi. Asosiy kamera soniyasiga 4K sifatli 30 ta kadrni yozib olishga qodir. Shuningdek, 12 megapikselli o‘ta keng burchakli, 5 megapikselli makro va chuqurlikni o‘lchashga mo‘ljallangan kameralar mavjud.
Samsung A52 5G modeli Snapdragon 750G protsessorida ishlaydi, Android 11 bazasida boshqariladi. 32 megapikselli selfi-kamerada qurilmani blokdan chiqarishda foydalanish mumkin. Shuningdek, ekran ostida barmoq izi skaneri ham bor. Telefon nuashniklar uchun 3,5 millimetrli raz’yom va Dolby Atmos funksiyali stereodinamiklarga ham ega bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi