13:13 / 04.04.2021
2 566

Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar bo‘layotgani ma’lum qilindi

Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar bo‘layotgani ma’lum qilindi
Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda 4 aprel, yakshanba kuni soat 11:58 da Payme kompaniyasi ma’lum qildi.

«Butun respublika bo‘yicha UzCard faoliyatida — to‘lov tizimlari bo‘yicha ham, terminallar bo‘yicha ham muammolar kuzatilyapti. Iltimos, ehtiyot bo‘ling. Vaziyat o‘zgargani haqida sizga xabar beramiz», — deyiladi kompaniya axborotida.

Vaziyat yuzasidan UzCard (Yagona umumrespublika protsessing markazi) hozircha biror izoh bergani yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar bo‘layotgani ma’lum qilindi