2 230
500 milliondan ortiq Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari internetga tarqalib ketdi
Foto: Getty Images
Internetdagi xakerlar forumlaridan birida 533 milliondan ortiq Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari ochiq tarzda joylandi, deb yozadi «RBK» Business Insider’ga tayanib.
Gap 106 mamlakat foydalanuvchilari haqida bormoqda. Internetga eng ko‘p Misr (44 million), Tunis (39 million), Italiya (35 million), AQSH (32 million), Saudiya Arabistoni (28 million), Marokash, Turkiya, Fransiya 19 milliondan), Iroq (17 million), Meksika (13 million) va Buyuk Britaniya (11,5 million) foydalanuvchilarining ma’lumotlari sizib chiqqan. Shuningdek, ular orasida qariyb 10 million rossiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlari ham bor. Ro‘yxatda o‘zbekistonlik foydalanuvchilar yo‘q.
Tarqalib ketgan axborot Facebook foydalanuvchilarining telefon raqamlari, to‘liq ism-shariflari, tug‘ilgan sanalari, biografik ma’lumotlari, ijtimoiy tarmoqning yagona identifikatorlaridan iborat. Ba’zi hollarda esa ularning elektron pochta manzillari ham uchraydi.
Ma’lumotlarning sizib chiqishini kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan Hudson Rock kompaniyasi ekspertlari aniqladi. Kompaniya texnik direktori Aaron Galning so‘zlariga ko‘ra, sizib chiqish kiberjinoyatchilikning avj olishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Shaxsiy axborotni o‘z ichiga oluvchi bunday hajmdagi ma’lumotlar bazasi, shubhasiz, ijtimoiy injeneriya usullaridan foydalangan holda xakerlik hujumlari yoki firibgarlik harakatlarining amalga oshirilishiga olib keladi», — deya aniqlik kiritdi ekspert.
Hudson Rock sizib chiqqan ma’lumotlarni yanvardayoq, o‘sha xakerlik forumi foydalanuvchisi kichik to‘lov evaziga Facebook foydalanuvchilarining telefon raqamlarini qo‘lga kiritish imkonini beruvchi Telegram-botni reklama qilganidan keyin aniqlagan edi.
Bu Facebook foydalanuvchilari ma’lumotlarining katta ko‘lamda sizib chiqishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 2019 yil dekabrida 267 milliondan ortiq akkauntlar egalarining shaxsiy ma’lumotlari ochiq tarqalib ketgan edi. Ularning ko‘pchiligini AQSH foydalanuvchilari tashkil qilgan. Ma’lumotlar bazasida ikki hafta davomida internetda ochiq saqlangan.
2020 yil avgustida Facebook, LinkedIn va Instagram’ning qariyb 150 million foydalanuvchilarining ism-shariflari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, lavozimlari, ish joylari internetga tarqalib ketgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”