13:45 / 13.04.2021
2 690

Pentagonda koronavirusni aniqlovchi mikrochip ishlab chiqildi

Pentagonda koronavirusni aniqlovchi mikrochip ishlab chiqildi
Pentagon mutaxassislari organizmda koronavirus alomatlari paydo bo‘lguncha virusni aniqlovchi mikrochip yaratishdi. Ta’kidlanishicha, chip yordamida virusni qonga tushganidan keyin 3-5 daqiqa ichida aniqlash mumkin bo‘ladi.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, AQSH mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari harbiy agentligi vakillari yangi mikrochip ishlab chiqilganini ma’lum qilishgan. Chip qon tarkibini kuzatishga imkon beradi va organizmga koronavirus tushishi bilan darhol bu haqida darak beradi.

Harbiy infeksionist shifokor, iste’fodagi polkovnik Mett Xepbernning tushuntirishicha, qurilma matosimon gel ko‘rinishida bo‘lib, u teri ostiga o‘rnatilgandan keyin qon tarkibini doimiy ravishda tekshirib turadi. Koronavirus aniqlanishi bilan u bu haqida signal beradi.

Siz uni teri ostiga kiritasiz va u organizmingizdagi kimyoviy reaksiyalar haqida ma’lum qiladi. Agar signal olsangiz, unda buning ertasigayoq sizda koronavirus belgilari paydo bo‘lishi mumkin”, deb aytgan mutaxassis.

Xepbernning ta’kidlashicha, chip yordamida organizmda virus borligi haqidagi axborotni u qonga tushgandan keyin 3-5 daqiqa ichida olish mumkin. Shu tariqa, koronavirus bir zumda aniqlanadi va bu davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Pentagon chip yordamida odamlarning harakatlanishi hamda ular haqida boshqa bir ma’lumot to‘plash niyatida emas. Ta’kidlanishicha, qurilmani ishlab chiqish ishlari deyarli yakunlanib qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pentagonda koronavirusni aniqlovchi mikrochip ishlab chiqildi