Chapda — «Huawei», o‘ngda — «Chanel» logotipi.
Foto: «Ferra.ru»
Kiyim-kechak va modalar biznesida nufuzli o‘ringa ega «Chanel» brendi to‘rt yil ilgari Xitoy texnogiganti «Huawei» kompaniyasini o‘z logotipini o‘zlashtirishda ayblab chiqqandi. «Ferra.ru» ushbu mojaro qanday yakun topgani haqida yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Huawei» Yevropa ittifoqining Intellektual mulk tashkilotida (EUIPO) kompyuter qurilmasi uchun o‘z savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lganida, bu belgi «Chanel»ga ko‘chirmakashlik bo‘lib ko‘ringan edi. Tashkilotga kiritilgan da’voda «Huawei» logotipidagi o‘xshashlikdan foydalanib, xaridorlarni chalg‘itishi mumkinligiga ishora qilingan.
Endi ma’lum bo‘lishicha, EUIPO 2019 yilda «Chanel»ning da’vosini asossiz deb topgan: mutaxassislar hech qanday o‘xshashlikni topishmagan, xitoyliklarning logotipi hech kimni chalg‘itishi mumkinmas.
Bundan qanoatlanmagan «Chanel»ning shu hafta Luksemburg sudiga da’vo kiritishga urinishi ham «o‘xshamadi».
«Muhokama qilinayotgan savdo belgilari umumiy jihatlarga ega emas. Logotiplarni ro‘yxatga olishda taqdim etilgan ko‘rinishda, yonga burmasdan taqqoslash o‘rinli. Xususan, «Chanel» belgisi nisbatan aylanasimon, yo‘g‘on chiziqlardan iborat va gorizontal joylashgan, «Huawei» belgisi esa — tik joylashgan. Demak, belgilar farq qiladi», — deyiladi sud tribunali qarorida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”